06:21 Dushanba 29 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

NASIMOV BAXTIYOR VASIYEVICH

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Tug'ilgan sanasi:

02.11.1985-yil 

Ilmiy darajasi:

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)

Qachon, qaysi OTMni tamomlagan?

2004-2008 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Bakalavr)
2008-2010 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Magistr)

 

 

 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori,  iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), “Xitoy – Markaziy Osiyo toʻqimachilik universitetlari alyansi” hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida tashkil qilingan “Qadimiy va zamonaviy Ipak yoʻli” Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasi direktori, “Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance” xalqaro ilmiy jurnalining tahririyat a’zosi, ERASMUS+ dasturining xalqaro loyihasi ishtirokchisi, “Oliy ta’lim a’lochisi”, 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya muallifi hamda 1 ta O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patenti egasi, – Nasimov Baxtiyor Vasiyevich 1985-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyati va erishgan yutuqlari

2004–2008-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyot” (iqtisodiyotda axborot texnologiyalari) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida uslubchi lavozimida boshlagan. Ushbu davrda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va tarbiyaviy faoliyat yo‘nalishlarida amaliy tajriba orttirgan.

2012–2013-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasida stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2013–2015-yillarda mazkur kafedrada katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimida faoliyat yuritib, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarini chuqurlashtirgan. 2015-yilda ushbu kafedrada assistent lavozimida ishlagan.

2016–2017-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida dekan muovini, 2017–2018-yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, 2018–2019-yillarda esa yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan. Ushbu davrda fakultetda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, talabalar faolligini oshirish va ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirgan.

2019-yil 29-iyunda 08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Korxonalar faoliyatini boshqarishda zamonaviy menejment uslublaridan foydalanish samaradorligi” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi qaroriga asosan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

2019–2022-yillarda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab, xalqaro ta’lim aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish ishlariga rahbarlik qilgan. 2022–2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Urganch davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro qo‘shma ta’lim dasturI fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yilda 08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Paxta-to‘qimachilik klasterlari korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

2024-yildan buyon Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu lavozimda yoshlar siyosatini amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish hamda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan faoliyatni samarali olib bormoqda.

2025-yildan buyon “Xitoy – Markaziy Osiyo toʻqimachilik universitetlari alyansi” hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida tashkil qilingan “Qadimiy va zamonaviy Ipak yoʻli” Xitoy–Markaziy Osiyo qoʻshma laboratoriyasi direktori.

Baxtiyor Nasimov 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular orasida 2 ta darslik, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 1 ta O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patenti mavjud. Uning ilmiy maqolalari Web of Science (1 ta) va Scopus (3 ta) xalqaro ilmiy bazalarida indekslangan jurnallarda chop etilgan. Uning rahbarligida 6 nafar magistr va 20 dan ortiq bakalavr bitiruv malakaviy ishlari tayyorlangan. Hozirda u “Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance” xalqaro ilmiy jurnalining tahririyat a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek, 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan ERASMUS+ dasturining 101128738-EDU-2023-CBHE “O‘zbekiston va Qozog‘iston kelajagi uchun to‘qimachilik ishlab chiqarish” (TEX4 FUTURE) xalqaro loyihasi ishtirokchisi hisoblanadi.

U 2018-yilda Chexiya Respublikasidagi Central Bohemia universitetida malaka oshirgan, 2022-yilda Ural davlat iqtisodiyot universitetida hamda 2023-yilda Central Bohemia universitetida amaliyot o‘tagan.

2023-yilda ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda xizmat vazifasiga sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahri hokimining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Shuningdek, ta’lim jarayonidagi samarali faoliyati uchun 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?