02:59 Chorshanba 29 Yanvar 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

MIRZAYEV NODIR BAHODIROVICH

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Tug'ilgan sanasi

10.02.1982-yil

Ilmiy darajasi:

Texnika fanlari doktori,  professor

Qachon, qaysi, OTMni tamomlagan?

1998-2004 yy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

O'zi haqida ma'lumot

Mirzayev Nodir Bahodirovich 1982-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumanida tug‘ilgan. 1988-1998 yilda Chilonzor tumanidagi 162-o‘rta maktabni tamomladi. 1998-2002-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining yengil sanoat texnologiyasi fakultetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishini muvaffaqiyatli o‘qigan. 2004-yilda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yengil sanoat texnologiyasi” fakultetining “Poyabzal va charm-attorlik texnologiyasi” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tamomlagan. 

2005-2008-yillarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyo” kafedrasida aspiranturada tahsil olib, 2010-yil 20 mayda Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 05.17.06–Plastik massalar va shishaplastiklarni qayta ishlash texnologiyasi ixtissosligi bо‘yicha “Tolali materiallar bilan mustahkamlangan polimer qoplamalar va plyonkalarni ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilib,  texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

2022-yil 11 yanvarda 05.06.03 – “Teri, mо‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” ixtisosligi bо‘yicha bajargan «Poyabzal detallari uchun tо‘qima (notо‘qima) qatlamli materiallarni yaratish» mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoya qilgan. 

2004-2013-y.y., Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining  “Charm buyumlar texnologiyasi va dizayn” kafedrasi assistenti. 

2005-2008-yillarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyo” kafedrasida aspiranturada tahsil olib, 2010-yil 20 mayda Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 05.17.06–Plastik massalar va shishaplastiklarni qayta ishlash texnologiyasi ixtissosligi bо‘yicha “Tolali materiallar bilan mustahkamlangan polimer qoplamalar va plyonkalarni ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilib,  texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

2022-yil 11-yanvarda 05.06.03 – “Teri, mо‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” ixtisosligi bо‘yicha bajargan «Poyabzal detallari uchun tо‘qima (notо‘qima) qatlamli materiallarni yaratish» mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoya qilgan.

2004-2013-y.y., Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining  “Charm buyumlar texnologiyasi va dizayn” kafedrasi assistenti.

2011-2012-y.y., “Charm buyumlar texnologiyasi” kafedrasi mudiri, 2013-2016-y.y., “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, 2016-yildan dotsent, 2017-2019-y.y. “Innovatsiya, integratsiya va ilmiy tadqiqot markazi” direktori, 2019-2021-y.y. “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri, 2022-2024-y.y. Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani, 2024 yildan hozirgi vaqtgacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalari boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Yutuqlari

N.Mirzayev 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, shulardan: 3 ta darslik; 22 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop qilingan. 2 ta monografiya muallifi. 3 ta O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patentiga muallifdir, jumladan  11 ta Web of Science,  Scopus kabi xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan.  Uning rahbarligida 15 magistrlik, 50 dan ortiq bakalavr, 1 ta texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilgan. Hozirgi vaqtda ilmiy darajaga talabgor 2 nafar mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.  

N.B.Mirzayev 2016-2018-yillarga mо‘ljallangan A-3-16 «Himoyalovchi maxsus poyabzali uchun issiqlikni о‘tkazmaydigan materiallar tо‘plamini tadqiqoti, uni tadbiq qilish va ishlab chiqish» mavzusidagi Davlat byudjetidan mablag‘lashtirilgan ilmiy tadqiqot amaliy ishi rahbari. OT-Atex-2018-18 raqamli “Yuqori texnologik tо‘plam materiallar va charm buyumlarini tayyorlashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib yuqori va past xaroratlardan himoyalovchi maxsus poyabzal yangi konstruksiyalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish” mavzusi bо‘yicha 2018-2020-yillarda ilmiy rahbar. Undan tashqari bir nechta Davlat byudjetidan mablag‘lashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlari ishtirokchisi sifatida qatnashgan.

2018-yil Rossiyaning Don davlat universitetida malaka oshirgan, 2022-yil Italiyaning Politecnico calzaturiero institutida va 2023-yil Gretsiyaning Krit universitetlarida stajirovka о‘tab kelgan.

2021-yilda kо‘p yillik samarali va halol mehnati hamda о‘z xizmat vazifasiga sadoqati uchun О‘zbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.

Respublikamizda mavjud jurnallardan “Journal of innovative research in textile and light industry” ilmiy jurnali va  xorijiy Neo Science Peer Reviewed Journali tahririyat a’zosi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?