12:07 Payshanba 12 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

XUDOYKULOV MAMARASUL RADJABOVICH

Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor

Tug’ilgan sanasi

10.02.1982-yil

Ilmiy darajasi:

Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (DSc),

Dotsent

Qachon Qaysi, OTMni tamomlagan?

2000-2004 yy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti  (bakalavriat)

2004-2006 yy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti  (magistratura)

O’zi haqida ma’lumot

Xudoykulov Mamarasul Radjabovich 1982-yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on  tumanida tug‘ilgan. 1989-1997 yilda Jarqo‘rg‘on  tumanidagi 15-o‘rta maktabda 1997-1999-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2000-2004-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining muhandis iqtisodchi va kimyoviy texnologiyalar fakultetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishini muvaffaqiyatli o‘qigan. 2006-yilda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Sohalar iqtisodiyoti va menejmenti” fakultetining “Menejment” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tamomlagan.

2008-2011-yillarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Menejment” kafedrasida aspiranturada tahsil olgan. 2019-yil 19-yanvarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bо‘yicha “Tо‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarish mexanizmi samaradorligini oshirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori (phd)  dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilib,  iqtisodiyot fanlari bо‘yicha falsafa doktori (phd) darajasini olgan.

2006-2008-yillarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Menejment” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan.  2011-2017-yillarda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti dekan o‘rinbosari,

2017-2019-y.y., Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti moliya va iqtisod ishlari bо‘yicha prorektor, 2019-yildan dotsent,

2019-2024-y.y., “Matbaa texnologiyalari” fakulteti dekan o‘rinbosari,

2024-2024-y.y., “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri,

2025-2025- y.y., Iqtisodiyot fakulteti dekani,

2025-yildan hozirgi vaqtgacha Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

M.Xudoykulov 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, shulardan:   2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop qilingan. 1 ta monografiya muallifi. 2 ta Web of Science,  Scopus kabi xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan.  Uning rahbarligida 2 magistrlik, 10 dan ortiq bakalavr birituv malakaviy ishlarini himoya qilgan. 2024-yil Xitoy Xalq Respublikasi Donghua universitetida malaka oshirgan.

Respublikamizda mavjud jurnallardan “Journal of innovative research in textile and light industry” ilmiy jurnali va  xorijiy “Middle European Scientific bulletin” Jurnali tahririyat a’zosi

Hozirda, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi mustaqil tadqiqiotchisi sifatida “Iqtisodiyotning ipakchilik tarmog‘ini klaster tizimi asosida jadal  rivojlantirish metodologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi  bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Yutuqlari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?