🔊
04:06 Shanba 17 Oktyabr 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Professor-o'qituvchilar diqqatiga! Turkiya Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tash va malaka oshirish uchun ochiq tanlov e'lon qilinadi!

16.10.2026
16

Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o’tash va malaka oshirish bo’yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 28-maydagi “O’zbekiston va Turkiya rektorlari to’rtinchi forumi yakunlari bo’yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan” 02-PA 1/1-2822xdfu-son topshirig’ining 2.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o’qituvchilari uchun Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o’tash va malaka oshirish bo’yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov professor-o’qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg’or xalqaro tajribani o’rganish hamda akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan professor-o’qituvchilar qo’shimcha ma’lumot olish uchun universitet Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish shartlari

  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida asosiy shtatda professor-o’qituvchi sifatida faoliyat yuritishi;

  • kamida 2 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo’lishi;

  • turk yoki ingliz tilini stajirovka dasturida ishtirok etish uchun yetarli darajada bilishi (B2 darajasi yoki unga teng bilimga ega bo’lishi);

  • so’nggi 3 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyatda muayyan natijalarga erishgan bo’lishi (ilmiy maqolalar, o’quv-uslubiy ishlanmalar, xalqaro loyihalarda ishtirok va boshqalar);

  • stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalarini asoslab bera olishi;

  • stajirovka davomida o’zlashtirilgan bilim va tajribalarni universitetning ta’lim hamda ilmiy faoliyatiga tatbiq etish bo’yicha aniq takliflarga ega bo’lishi.

Tanlov uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • Universitet rektori nomiga ariza;

  • ma’lumotnoma (CV);

  • ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari to’g’risida qisqacha ma’lumot;

  • til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo’lsa);

  • stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalari bayon etilgan motivatsion xat (1–2 bet);

  • xorijga chiqish pasporti nusxasi.


Hujjatlarni topshirish joyi: Xalqaro hamkorlik bo’limi, 1-bino, 523-xona

Saytni yangi dizayni yoqdimi?