TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI HUZURIDA YANA BIR ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI.
Faoliyati yo'lga qo'yilgan PhD.03/2025.27.12.I.21.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyalari o‘tkaziladi:
- 08.00.03 — Sanoat iqtisodiyoti
- 08.00.13 — Menejment
Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik uchun ushbu kengash muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar Ilmiy kengash tomonidan belgilangan tartibda e’lon qilib boriladi.