21:03 Seshanba 14 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Vatandoshlar uchun davlat grantlari tanlovi o‘tkazilmoqda

14.10.2025
21

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-sentabrdagi 2/10-3591-sonli xatiga muvofiq, vatandoshlar uchun davlat granti o‘rinlari bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Tanlovning maqsadi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar orasidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qish va ilmiy faoliyat olib borish imkoniyatini kengaytirishdir.

Ushbu tanlov doirasida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida o‘qish imkoniyati yaratilgan:

Tanlov yo‘nalishlari:

O‘zbek tili va adabiyoti:
– 60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti
– 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Ajratilgan kvota: 10 o‘rin

Tarix:
– 60220300 – Tarix
Ajratilgan kvota: 5 o‘rin

Madaniyat va san’at:
– 210000 – San’at ta’lim sohasi yo‘nalishlari
– 60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
– 60110600 – Musiqa ta’limi
Ajratilgan kvota: 15 o‘rin

Saytni yangi dizayni yoqdimi?