09:25 Shanba 15 Mart 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 6 mln. dollarlik grant dasturi!

07.03.2025
105

Islandiya TIV Qobiliyatni rivojlantirish, barqarorlik va ijtimoiy o‘zgarishlar markazi bosh direktori Nina Yonsdottir bilan uchrashuvda ushbu tashkilotning umumiy qiymati $6 mln.lik Yer degradatsiyasiga qarshi qurashish, Gender tenglikni ta’minlash, shu jumladan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, Geotermal tadqiqotlarni olib borish dasturlari doirasida respublika vakillarining malakasini oshirishga grantlar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston vakillarini 2026y. yanvar-may oylarida Islandiya universitetida gender tengligi bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv kursida qatnashish uchun taklif etdi.

Nomzodlar hujjatlarni onlayn tarzda j.y. 8-martgacha taqdim etishi lozim.

 Batafsil ma’lumot: https://www.grocentre.is/gest/media-gest/news/open-call-for-nominations-for-the-2026-gro-gest-programme

N.Yonsdottir Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish dasturida O‘zbekiston vakillarining qatnashishi Orol dengizi mintaqasidagi yerni qayta tiklash jarayonlariga ko‘mak berishini ta’kidladi.

 Ushbu o‘quv kursi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi havolada: https://www.grocentre.is/lrt.

Geotermal tadqiqotlarni olib borish dasturida qatnashish bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://www.grocentre.is/gtp.

Ushbu tadbirlarda qatnashish bo‘yicha barcha xarajatlar Islandiya tomonidan qoplanadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?