EʼLON!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-sonli Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xotin-qizlarning taʼlim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha elektron so‘rovnoma loyihasi ishlab chiqilgan.
Hurmatli talaba-qizlar! Sizni ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim! Keling, birgalikda imkoniyatlarni kengaytiraylik va taʼlim yo‘lida mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga hissa qo‘shaylik!