14:31 Seshanba 17 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

KITOBXON YOZ — 2025

12.06.2025
62

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Kitobxon yoz — 2025” onlayn tanloviga rasman START berildi!

Tanlov shartlari juda oddiy:
Quyidagi 5 ta kitobdan istalgan(lar)ini o‘qing va 1-3 daqiqalik video taqriz tayyorlang. Sizning fikringiz, hissiyotlaringiz, va kitobdan olgan sabog‘ingiz boshqalar uchun ilhom bo‘lsin!

Tavsiya etilgan asarlar:
1. Said Ahmad — “Jimjitlik”
2. O‘tkir Hoshimov — “Tushda kechgan umrlar”
3. Chingiz Aytmatov — “Asrga tatigulik kun”
4. Endi Sernovits — “Sarafan marketing”
5. Fyodor Dostoyevskiy — “Telba”

Tayyorlagan videongizni bizga yuboring — eng yaxshi taqrizlar kanalimizda e’lon qilinadi!

Tanlov yakunida esa eng ijodiy ishtirokchilar mukofot bilan taqdirlanadi.

Muddat: Yoz fasli davomida

Bogʻlanish uchun:

Ilhom oling, kitob o‘qing, fikrlaringizni ijodiy tarzda ifoda qiling va yozni unutilmas voqealarga boy qiling.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?