18:21 Seshanba 08 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

YUNESKO/Koreya Respublikasining “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti” tanlovi

08.07.2025
34

Global fuqarolik ta’limi sohasidagi ilg‘or tajribalarni e’tirof etish maqsadida YUNESKO va Koreya Respublikasi tomonidan ta’sis etilgan “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofot” uchun tanlov e’lon qilindi.

Mazkur mukofot:

yetakchi yoshlar tashkilotlari,
shaxslar,
muassasalar,
nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etiladi.

Har bir g‘olibga 50 000 AQSH dollari miqdorida mukofot belgilanadi. Har bir davlat jami uch nafar nomzodni (ikkita toifadan) tavsiya qilishi mumkin.

Ariza topshirish:
Nomzodlar arizani ingliz yoki fransuz tilida quyidagi havola orqali 2025-yil 1-sentyabrga qadar (Parij vaqti bilan UTC+1) taqdim etishlari lozim:
https://unesco.sharepoint.com/sites/committees/GCED/

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar 2025-yil 15-avgustga qadar TTYSI xalqaro hamkorlik bo‘limiga (1-bino, 523-xona) murojaat qilishi mumkin.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?