NAVRO'Z SAYLIGA TAKLIF QILAMIZ
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oyani keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy an’ana va urf-odatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” bosh g‘oyasi asosida keng qamrovli bayram sayli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bayram sayli 25-mart kuni soat 15:30da institut sport maydonida boshlanadi.
Sayl doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar hamda turli qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.
Barcha professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarni bayram saylida faol ishtirok etishga taklif etamiz!