Koreyada tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e'lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 2025-o‘quv yilida Koreya universitetlarining magistratura yo‘nalishlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e'lon qilingan.
Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari va xodimlari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.
Joriy yilning 19-dekabriga qadar mazkur o‘quv dasturlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan salohiyatli nomzodlar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga (523-xona, 1-bino) murojaat qilishligi so‘raladi.