“Counter-Strike 2” – institut bosqichi o‘tkaziladi
“Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil etilayotgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining institut bosqichi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkaziladi.
Musobaqa “Counter-Strike 2” yo‘nalishida tashkil qilinadi. G‘olib jamoa hududiy bosqichga yo‘llanma oladi.
Boshlanish sanasi: 2025-yil 12-iyun
Vaqti: soat 12:00
Joy: 2-bino, 222-xona
Turnirda ishtirok etishni istagan talabalar 5 asosiy va 1 zahira o‘yinchidan iborat jamoa shakllantirib, Yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari lozim.
Tanlov bepul. G‘olib jamoani hududiy va respublika bosqichlarida ishtirok etish imkoniyati hamda yirik pul mukofotlari kutmoqda.