05:47 Payshanba 04 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TOSHKENT TO'QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI REKTORINING TALABALAR VA ULARNING OTA-ONALARIGA MUROJAATI

02.12.2025
51

Hurmatli ota-onalar, qadrli talabalar!
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab giyohvandlik va narkojinoyatlarning kengayib borayotgani jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Yoshlarning sog‘lig‘i, ma’naviyati hamda kelajagiga tahdid soluvchi bu illatga qarshi kurashish O‘zbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan qo'shma murojaati ijrosini ta'minlash maqsadida, institutimizda ham keng qamrovli profilaktik ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu qaror yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish, ularning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom ma’naviy muhit yaratishni maqsad qiladi.

Hurmatli talabalar!
Sizlar ertangi kunimizning tayanchi, davlatimiz taraqqiyotining asosiy kuchisiz. Giyohvandlikka qarshi murosasizlik immunitetini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini tanlash, o‘qish va ijod bilan band bo‘lish — bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyat oldidagi burchingizdir. Har biringizdan qonunlarga hurmat ruhida bo‘lish, sog‘lig‘ingizga beparvo bo‘lmaslik va shubhali holatlardan uzoq yurishni qat’iy talab qilamiz.

Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizning kunlik hayoti, atrof-muhiti va do‘stlari bilan aloqasi ustidan nazoratda bo‘lishingiz juda muhimdir. Uyda mehr-muhabbat, ishonch va ochiq muloqot muhitining mavjudligi giyohvandlikning oldini olishdagi eng kuchli omildir. Qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar ijrosi sizning hamkorligingizsiz to‘liq amalga oshmaydi. Farzandingiz hayotidagi har bir o‘zgarishga befarq bo‘lmasligingiz, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz.

Davron Vaxabov
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti rektori

Saytni yangi dizayni yoqdimi?