13:17 Juma 17 Yanvar 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ish bilan ta'minlanmoqda

24.12.2024
288

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarini o’qitishda “Dual” ta’lim tizimini joriy qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan:

2023/2024-o‘quv yilida 24 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 1646 nafar talabalarining o‘qishi tajriba-sinov tariqasida “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi asosida 72 ta soha korxonalarida tashkil etildi. Ushbu talabalarning 312 nafari tahsil olish jarayonida ishga qabul qilinib oylik maosh olishi ta’minlandi.

Mazkur o‘quv yilida dual ta’lim asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 182 nafari bevosita dual ta’limda ishtirok etgan korxonada faoliyatini davom ettirgan bo‘lsa, qolgan talabalarning 50 foizdan ortig‘i doimiy yashash joylaridagi korxonalarda mutaxassisliklari bo‘yicha mehnat faoliyati olib bormoqda.

2024-2025-o‘quv yilida jami 1251 nafar talaba dual ta’lim asosida tahsil olishga jalb etilgan. Bu borada institut 77 ta soha korxonalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzdi hamda 14 ta soha korxonalarida mutaxassislik kafedralarining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda jami 251 nafar faol talabalar dual ta’lim asosida tahsil olish jarayonida ishga qabul qilinib oylik maosh olishmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?