Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-qizlari diqqatiga
5-may kuni “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining institut saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 4 ta shart asosida bo‘lib o‘tadi.
1-shart. “Jamoani tanishtirish”.
Mazkur shartda jamoa oʻzini sanʼat turlari (milliy raqs, sheʼr, qoʻshiq, xalq
oʻyinlari)ni qoʻllagan holda tanishtirishlari lozim.
Jamoadagi bir nafar ishtirokchi Toʻmaris siymosini gavdalantirishi talab etiladi.
Shart davomiyligi: 3-5 daqiqa.
Shartni baholash - 5 ballgacha.
2-shart. “Sport bilan hamnafasmiz”.
1. 100 metrga yugurish mashqi.
Ushbu shartda barcha ishtirokchi jamoalar 100 metrga yugurishadi. Jamoadagi
ishtirokchilarning marraga yetib kelishi 5 ballik tizim bilan baholanadi.
2. 400x300x200x100 metrga estafeta yugurish mashqi.
Musobaqada 4 ta ishtirokchi qatnashadi.
3.Darts uloqtirish.
Har bir jamoadan bittadan vakil 2 metr uzoqlikda 3 marotaba urinish bilan darts uloqtirishni amalga oshiradi.
4. Kamondan oʻq otish.
Har bir jamoadan bittadan vakil 10 metr uzoqlikda 3 ta oʻq bilan 3 marotaba
urinishni amalga oshiradi. Har bir urilgan xalqaga qarab ball belgilanadi.
3-shart. “Birinchi tibbiy yordam”.
Ushbu shart boʻyicha ishtirokchi jamoalar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
turlari haqida tushunchalar berishi hamda sahna koʻrinishlari orqali koʻrsatib berishi kerak (tibbiyot xodimi bu shart toʻgʻri bajarilganligini baholaydi).
Shart davomiyligi: 3-5 daqiqa.
4-shart. Velosipedda uchish.
Ushbu shartda har bir jamoadan ikkita ishtirokchi 100 metr masofani velosipedda bosib oʻtadi. Har ikki ishtirokchining umumiy vaqt koʻrsatkichi asosida 5 ballik tizimda baholanadi. Yoʻl boʻylab belgilangan belgilardan chiqib ketgan jamoa ishtirokchisining natijasi hisobga olinmaydi.
Shart davomiyligi: 3-5 daqiqa.
Har bir fakultet jamoasi oʻzlarining sport musoboqasidagi logotipini yaratishi va mazkur logotip bilan ishtirok etishi kerak.