21:19 Chorshanba 09 Oktyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSIda tyutorlik lavozimiga tanlov eʼlon qilindi!

06.08.2024
123

Malaka talablari:

Oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga hamda magistrlik diplomga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);

25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi; 

Pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, taʼlim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega bo‘lishi;

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilishda ularga nisbatan qoralovchi hujjat (jinoyat sodir etmagan, pedagoglik huquqidan mahrum etilmagan) bo‘lmasligi kerak;

Davlat tilida ish yuritish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarida ishlash salohiyatiga ega bo‘lishi;

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga - xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga hamda masʼuliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Maʼlumotnomangiz 15 avgustga qadar +998970071477 telegram raqami orqali qabul qilinadi.


Saytni yangi dizayni yoqdimi?