Yaponiya hukumati hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti tomonidan mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovi e’lon qiladi
Mazkur grantlar Aichi prefekturasi ma’muriyati, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Nagoya universitetining “Global 30”, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun stipendiya dasturlari doirasida ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Nomzodlar Respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari qatorida bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadi. Ma'lumot uchun.