00:24 Seshanba 08 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yoz faslini bilim bilan boyiting!

07.07.2025
40

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida mutlaqo bepul yozgi to‘garaklar faoliyati boshlandi.

Talabalar, abituriyentlar va mahalla yoshlari ushbu to‘garaklarda qatnashish orqali yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazishlari mumkin.

Mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
Ingliz tili
Matematika
Fizika
Dizaynerlik
Tikuvchilik

Darslar tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Mashg‘ulotlar barcha yoshlar uchun ochiq va institut hududida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish orqali siz:
Yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz;
Kelajakdagi kasbingizni tanlashga tayyorgarlik ko‘rasiz;
Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazasiz.
Joylar soni cheklangan. Bilim olish istagida bo‘lgan barcha yoshlarga ushbu loyihada faol ishtirok etishni tavsiya etamiz.

Murojaat uchun:
+998 93 680 80 20
Surxonbek Xo’jamurodov

Kelajak o‘z ustida ishlaganlar bilan quriladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?