KAFEDRA TARIXI
1980 yildan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) «Matbaa va bosma mahsulotlari dizayni» kafedrasi matbaa sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan Markaziy Osiyoda tayanch о‘quv muassasasi hisoblanadi.
1996 yildan «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafedrasi matbaa о‘quv muassasalari Xalqaro assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi va shu asosida jahoning yuzdan ortiq yetakchi matbaa о‘quv muassasalari, yetakchi firmalar va kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlik olib borilgan. 1997 yildan kafedra Respublikada matbaa sohasini rivojlantirish uchun Vuppertaldagi (Germaniya) Berg birlashgan universiteti bilan shartnoma tuzdi. 1998 yili “HEIDELBERG” firmasi kafedra bazasida bosishgacha bо‘lgan, bosish va bosishdan keyingi uskunalar bilan jihozlangan о‘quv markazi tashkil etildi. 2000 yildan boshlab kafedrada “YAM INTERNATIONAL” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan о‘quv markazi faoliyat kо‘rsatgan. 2003 yilda О‘rta Osiyoda birinchi marta «Matbaa, ilm va ta’limda media texnologiyalar» Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli tashkil qilindi. Unda xorijiy va О‘zbekistonning yetakchi matbaa о‘quv muassasalari olimlari, firma va kompaniyalari ishtirok etishdi. 2005 yilda kafedra Shtutgart Universiteti (Germaniya) bilan shartnoma imzoladi. 2009 yilda kafedra nomi “Matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni” ga о‘zgartirildi. 2010 yilda Ukraina Matbaa Akademasi, 2011 yilda kafedra Jongbu universiteti (Janubiy Koreya) bilan shartnoma imzoladi.
2013 yildan kafedra “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” nomi bilan faoliyat yuritgan.
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 1959 yilda О‘zFA Akademigi, professor M.A.Xojinova tashabbusi bilan bevosita professor Boris Emanuilovich Geller boshchiligida tashkil etilgan. Kafedra bu davrda “Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi” nomi bilan yuritilib, О‘rta Osiyoda vujudga kelayotgan sanoatning kimyoviy tolalar texnologiyasi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar injener - texnologlar tayyorlab bergan. Mazkur kafedra 2011 yildan “Tolali materiallar va qog‘oz kimyoviy texnologiyasi” nomi bilan yuritilgan. 2013 yildan kafedra “Kimyoviy texnologiya” deb nomlandi. “Kimyoviy texnologiya” kafedrasini 1985 - 2004 yillarda t.f.d. professor Karim Ergashevich Ergashev, 2004 - 2011 va 2013-2019 yillarda t.f.d., professor Iroda Abdusamatovna Nabiyeva, 2011 - 2013 yillar oralig‘ida t.f.d., professor Dilfuza Baxramovna Xudayberdiyeva va 2019 -2024 yillar oralig‘ida t.f.n., dotsent Maxfuza Shuxratovna Xasanova boshqargan.
2024-2025 о‘quv yilidan boshlab “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralari qо‘shilib, “Kimyo va matbaa muhandisligi” kafedrasiga о‘zgartirildi.
KAFEDRA FAOLIYATI
2024-yildan mudirlik vazifasida texnika fanlari falsafa doktori, dotsent A.A.Djalilov faoliyat olib bormoqda. Hozirda kafedrada 4 nafar protsessor, 20 nafar dotsent, 2 nafar katta о‘qituvchi, 7 nafar assistent о‘qituvchilar pedagogik faoliyat hamda о‘zlarining ilmiy va amaliy izlanishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada 30 dan ortiq fanlar о‘qitiladi. Kafedrada Institut Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari va 05.06.02 - “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosliklari bо‘yicha qabul qilingan 14 nafar doktorantlar biriktirilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedraning bir necha professor-о‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Djungbu Universitetida tajriba almashib qaytdi. Kafedraning chet ellar bilan, shu jumladan, Belgiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Xitoy va Rossiya oliy о‘quv yurtlari va tashkilotlari bilan aloqalari yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Kafedraning о‘qituvchilaridan D.B.Xudayberdiyeva, I.A.Nabiyeva, N.S.Amirova, G.Q.Sodiqova, N.Z.Saydaliyeva, SH.X.Shamanov, M.B.Irmatovalar va N.Z.Saydaliyevalar “TEMPUS” dasturini “IMG” shaxsiy granti bo‘yicha Finlandiyaning “Kuopio Dizayn Akademiyasi”da, “Erasmus+” dasturi bо‘yicha Gretsiyaning “Pireya amaliy fanlar universiteti”da, “Iste’dod” jamg‘armalarisi bо‘yicha Rossiya Federatsiyasining “Sankt-Peterburg Davlat politexnika universiteti”da, “Uhan tо‘qimachilik universiteti”da, “Kor-uz” Textile Texnoparki bо‘yicha Janubiy Koreyaning “Korea Institute of Industrial Technology” va “Korea Textile & Fashion Polytechnic” institutida, Almata Texnologiya Universitetida, Tojikiston Texnologiya Universitetida, Qozog‘iston Texnologiya va Biznes Universitetida, “Yantay Yelin Textile Printing And Deing" LTD korxonasda hamda Changshu Texnologiya Institutida malaka oshirganlar va stajirovka о‘tagnlar.