KAFEDRA TARIXI
“Ingliz tili” kafedrasi 1932-yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga kafedrada faqat ingliz tili fani o‘qitilgan. Keyinchalik esa nemis va fransuz tili fanlari ham qo‘shilgan. Shu yillar davomida kafedraga M.I.Topol’skiy, A.G.Rozin, M.T.Ibragimov, R.I.Mishelevichlar boshchilik qilganlar. 1987-2005 yillarda kafedraga dotsent A.S.Saidov mudirlik qildi. 2013-2014 o‘quv yilida “Ingliz tili” kafedrasi “Tillar” kafedrasi deb nomlandi va rus tili kafedrasi (rus, o‘zbek tili fanlari) qoshildi. Malakali o‘qituvchilarning safi yanada kengaydi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedra nomi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasiga o‘zgartirildi.
KAFEDRA FAOLIYATI
2024-yildan mudirlik vazifasida katta o‘qituvchi N.B.Djurayeva faoliyat olib bormoqda. Hozirda kafedrada 10 nafar katta o‘qituvchi,13 nafar assistent o‘qituvchilar pedagogik faoliyat hamda o‘zlarining ilmiy va amaliy izlanishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada xorijiy til (ingliz, fransuz, turk), rus va o‘zbek tillari o‘qitiladi. Kafedrada Institut Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 10.00.06-qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunlik yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan 8 nafar doktorantlar biriktirilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedraning bir necha professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasining Bursa Texnika Universitetida tajriba almashib qaytdi. 2024-yil iyun oyida kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Nurbekova Tojikiston Respublikasida tajriba almashib qaytdi. Yosh va tajribali assistent G.Qodirova 2022-yil Buyuk Britaniyaning Norwich Institutida malaka oshirib keldi. Kafedradagi malakali professor-o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va tajribalarini talabalarga o‘rgatish bilan birgalikda, o‘z bilimlarini boyitish maqsadida, Angliya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Xitoy, Latviya, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa Osiyo hamda Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari institutdagi barcha mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriatura hamda magistratura talabalariga ta’lim berib kelmoqda.