Albatta bu zamonaviy dasturlar talabalarga aynan o‘qishni bitirib ishga joylashish arafalari davrida o‘rgatiladi, ya’ni 4-kursda, talaba to‘liq bilim va ko‘nikmalar hosil qilishi uchun dasturning barcha funksiyalari malakali ustozlar tomonidan to‘liq o‘rgatiladi, natijada talaba tikuv korxonalarida yaxshi lavozim va ish haqi bilan ta’minlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun 1-kursdanoq faqat “5” – a’lo bahoga o‘qishi, ingliz tilini bilish darajasi, O‘zbekiston tarixi, Ingliz tili, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilim darajasi, ilmiy maqollarning mavjudligi, konferensiyalarda ishtiroki tanlovdagi katta ahamiyat kasb etuvchi ko‘rsatkichlardir. Yakka mualliflikdagi maqolalarga ustuvorlik berilishi nizomda alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Dual ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami. Ya’ni o‘quv jarayonidagi nazariy bilimlarni chambarchas amaliyotda ko‘rish, o‘rganib amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Talabalar uchun yil davomida ko‘rgazmalar, moda namoyishlari va ijodiy ko‘riklar tashkil qilinadi. Bu tadbirlarda ular o‘z loyihalari, to‘plamlari va dizayn ishlarini namoyish etishadi. Shu orqali ular o‘z iste’dodlarini potensial ish beruvchilarga ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Institutda o‘quv jarayonining katta qismi amaliyotga qaratilgan bo‘lib, talabalar o‘qish davrida ko‘plab amaliy loyihalar va laboratoriya ishlarida qatnashadi. Amaliyot korxonalarda yoki fakultetning o‘zida zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
Ingliz tili va rus tili bilimlari katta afzallik beradi, chunki ko‘p darsliklar va qo‘llanmalar xorijiy tillarda mavjud. Shuningdek, xalqaro loyihalar va hamkorlik doirasida bu tillar foydali bo‘ladi.
Ushbu fakultet bitiruvchilari quyidagi kasb va lavozimlarda ishlashlari mumkin:
-Moda dizayneri
-Kiyim-kechak texnologi
-Tekstil muhandisi
-Matolar bo‘yicha tadqiqotchi
-Fashion marketing mutaxassisi
-Brend menejeri yirik moda uylari, tekstil zavodlari, shuningdek, mustaqil dizayner yoki tadbirkor sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. O‘zbekistonda va xorijda ham mazkur sohada malakali mutaxassislarga talab yuqori.
Bu fakultetda asosiy fanlar orasida quyidagilar bor:
- Dizayn asoslari
- Matolar va to‘qimachilik texnologiyalari
- Rassomchilik va rang tasviri
- Kompyuter grafikasi va model yaratish
- Moda va kiyim tarixiy rivojlanishi
- Marketing va moda menejmenti
Vazirlar Mahkamasining 393-son qaroriga asosan 15-dekabrdan 5-yanvargacha muddatda perevod masalalari amalga oshiriladi.
Chaqiruv qog‘ozini olish uchun Hemis tizimi ga talaba o‘zining ID raqami va paroli orqali kiradi hamda “Talaba ma’lumoti” bo‘limiga o‘tib “Talaba hujjatlari” orqali chaqiruv qog‘ozini yuklab olishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 31-dekabr 2020-yildagi 824-son qarori bo‘yicha akademik qarzlarni topshirish oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi. Qayta o‘qish istagi bor talabalar kontrakt.edu.uz saytining kredit-modul bo‘limidan qayta o‘qish uchun ariza yuboriladi hamda ushbu arizada ko‘rsatilgan miqdordagi pul mablag‘ini to‘lovini amalga oshirib, to‘lov to‘g‘risidagi chekni (kvitansiyani) dekan movuniga topshirishadi. Ushbu arizalar hamda to‘lov cheklari asosida akademik guruhlar tashkil etiladi va qayta o‘qish jarayoni amalga oshiriladi. Qayta o‘qish davomida o‘zlashtirilmagan fanlardan baho olgan talabalar ushbu fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
Kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz saytidagi o‘zingizni profilingizga kirib to‘lov kontrakt bo‘limiga kiriladi hamda ariza yuborish tugmasi bosiladi. Birinchi kurs talabalar uchun birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar uchun deyilgan qismi, ikki va undan yuqori kurs talabalari uchun yuqori kurs talabalari uchun deyilgan qismi bosiladi. Shundan so‘ng shartnoma shartnomasi ikki tomonlama yoki uch tomonlama ekanligi hamda stipendiyali yoki stipendiyasizligi tanlanadi. Shartnoma summasi ko‘ringandan so‘ng yuborish tugmasi bosiladi. Shartnoma shartnomasi ikki ish kunida ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki kamchiligi bo‘lsa rad etiladi.
Bu ta’lim yo‘nalishini tamomlagan talaba, ham diplom oladi, ham hunar egasi bo‘ladi. Tikuv buyumlari texnologiyasi ta’lim yo‘nalishini bitirgan bitiruvchilar respublikamizdagi barcha tikuvchilik fabrikalarida, konstruktor-texnolog bo‘lib ishlashi, o‘zining xususiy sektorida korxonalarini ochib tadbirkorlik qilishi mumkin.
Talabalar Davlat stipendiyasini olishi uchun a’lo baholarga o‘qishi, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ma’lum bir yutuqlarga erishgan bo‘lishi (ilmiy maqolalar, tezis, patentlar, startap loyihalar va boshqa, agar Dizayn yo‘nalishi bo‘yicha o‘qilayotgan bo‘lsa turli tanlovlarda ishtirok etib sovrindor bo‘lishi) kerak. Prezident stipendiyasi uchun faqat a’lo baholar talab qilinadi.
Institutda charm buyumlari texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Belarus Respublikasining Vitebsk Davlat texnologiyalar universiteti bilan qo‘shma dastur asosida o‘qishda o‘qishi mumkin.
Ha, Ural Davlat Iqtisodiyot Universitetining diplomini bizga yuboradi. “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi nizomning 7-bandiga asoslanib, maxsus sinovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish tavsiya etiladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so‘ng, sizga ikkita diplom — O‘zbekiston va Rossiya universitetlari tomonidan beriladigan diplomlar taqdim etiladi.
Siz to‘liq to‘rt yil O‘zbekistonda o‘qishingiz mumkin. Bizning dasturlarimiz qo‘shma ta’lim asosida olib boriladi: ba’zi fanlarni Ural Davlat Iqtisodiyot Universiteti o‘qituvchilari onlayn tarzda o‘qitadi. Bundan tashqari, fevral-mart oylarida ular O‘zbekistonga kelib, sizga bevosita dars o‘tadilar.
-Iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini aniqlab berish;
-Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
-Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy to‘garaklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
-Talabalarning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilishga keng jalb qilish.
Institutda innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limga murojaat qilish lozim.
TBT va RI kafedrasining turli CAD konstruksiyalash dasturlarini o‘rgatuvchi korxonalar bilan shartnomasi mavjud. Kafedra mudiriga uchrashish maqsadga muvofiq.
Iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kirish uchun faqat a’lo baholarga o‘qish, xorijiy tilni yetarli darajada o‘zlashtirish va kafedra mudiriga rahbar biriktirilishi uchun murojaat qilish lozim.
Xorij fuqarosi hisoblangan abituriyentlar Qabul komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Bugungi kunda institut Germaniyaning Albshtatd Zigmaringen universiteti, Latviyaning Riga texnika universiteti bilan talabalarning mobil almashuv hamkorlik dasturlariga ega.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti 2022-yildan boshlab Times Higher Education va QS xalqaro reyting agentliklari tomonidan o‘tkaziladigan World University Ranking, Subject Ranking, Impact Ranking kabi dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.