🔊
16:49 Chorshanba 13 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“XALQARO YER KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

21.04.2026
26

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Oliy majlis Senatining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Sayyora Abdikarimova, O'zbekiston Ekologiya partiyasi, Toshkent shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva hamda institutning Dizayn va texnologiyalar fakulteti dekani Akmal Toshev ishtirok etgan davra suhbatida professor - o‘qituvchilar, talaba – yoshlar va soha mutaxassislari qatnashdilar.

Davra suhbati davomida global ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, tabiatni asrashda yosh mutaxassislarning o‘rni hamda yengil sanoat va ishlab chiqarish sohasida “yashil texnologiyalar”ni qo‘llash masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borilib, bir qator muhim takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, tadbir doirasida talaba-yoshlarning ekologik mavzudagi ilmiy va ijodiy ishlanmalari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan o'tkazilgan davra suhbati ishtirokchilari institut hududidagi Ekobog‘da ko'chat ekdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?