O'zi haqida ma'lumot
Bulanov Ismailjan Abdulmo‘munovich 1983-yil 15-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi, O'sh viloyatida tug'ilgan. 1990-2000 yy. Toshkent shahri, Yakkasаroy tumanidagi 319-sonli o'rta maktabni tamomlagan. 2000-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o'qishga kirib, 2006-yil ushbu institutda magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004-yil “Tasvir tekst” kichik sho‘ba korxonasidan boshlagan. 2011-2014 yy. Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi assistenti, 2016-2019-yy. Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori, 2019-2021 yy. “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi mudiri, 2019-yildan kafedra dotsenti, 2021-2023-yy. Sirtqi bo‘lim boshlig’i, 2023-2024-yy. “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, 2024-yildan buyon xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.
Yutuqlari
Bulanov Ismailjan Abdulmomunovich 2011-yil Moskva davlat matbaa universitetida aspiranturani tugatgan. Xalqaro APTIS sertifikati (B2 ingliz tili), Goehte instituti (nemis tili A2) sertifikatiga ega. O'zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan jurnallarda, yuqori indeksli impakt faktorli xalqaro jurnallarda, SCOPUSda ro'yxatdan o‘tgan jurnallarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, 5 ta uslubiy ko‘rsatma, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv-ishchi dasturlar va to‘plamlar muallifi.
2013-yil Germaniyaning Printpromotion tashkiloti, Rossiyaning Don universitetida malaka oshirgan, 2015-yil AQSHning San Luis Obispo universiteti, Janubiy Koreyaning Joongbu, 2018-2019 yy. Xitoyning Shenyan, 2022-yil Gretsiyaning West Attika universitetlarida stajirovka о‘tab kelgan.
Respublikamizda mavjud jurnallardan “Journal of innovative research in textile and light industry” ilmiy jurnali va xorijiy Neo Science Peer Reviewed Journali tahririyat a'zosi.