O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil “iqtisodiyot”” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-16-son Farmoni 16-ilova 30-bandida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “Eko-innovation - 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan 2025-yilning 12-sentiyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi tashabbusi bilan “EKO-INNOVATION – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlanmalar taqdim etildi. Unda professor-o‘qituvchilar hamda “Eko-faol talabalar” o‘z innovatsion loyihalari va ilmiy ishlanmalari namoyish qilindi.
Mehnat muhofazasi va ekologiya
kafedrasi mudiri J.S.Arabov