Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Yoshlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Elyor Ikramov hamda Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Lazizxo‘ja Muxiddinov ishtirok etdilar.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida talabalar bandlik, kasbiy rivojlanish, ta’lim sifati hamda kelajak rejalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.