2025-yil 17-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Mahallam tozaligi – yurtim obodligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tozalik madaniyati har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi. Atrof-muhitni asrab-avaylash, mahallalarni obodonlashtirishda aholining faol ishtiroki zarurligi haqida muhim fikrlar bildirildi.
Shuningdek, talabalarning ekologik ongini yuksaltirish, ularni mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash masalalari muhokama qilindi. Davra suhbati jarayonida yoshlarning taklif va g‘oyalari ham eshitildi.
Mazkur tadbir ekologik tarbiya, shaxsiy mas’uliyat va jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.