Akademik almashinuv dasturlari
Institut talabalari Germaniya, Latviya, Xitoy, Qozogʻiston va boshqa yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Almashinuv ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari va xalqaro taʼlim loyihalari doirasida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun Xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin (1-o‘quv binosi, 523-xona).