O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy va amaliy “Chora-tadbirlar rejasi”ning tegishli bandlari bo‘yicha bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda institut qoshidagi Akademik Litseyi hamkorligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
25-dekabr kuni, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda institut qoshidagi Akademik Litseyi rahbariyati bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” shiorlari ostida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi.
Ijodiy bellashuv ruhida kechgan bahslarda Akademik Litseyning 5 ta guruhi Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurash, mavzuga oid ijtimoiy reklama, bannerlar va video-lavhalar orqali o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.
Hakamlar hay'atining baholash natijalariga ko'ra:
- 3-o'rinni 2r-25 va 7t-25 guruhlari
- 2-o'rinni 4r-25 guruhi
- 1-o'rinni 5r-25 guruhi vakillari qo‘lga kiritdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.