MARKAZ HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoati instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi ilk bor pedagoglarni malakasini oshirish fakulteti sifatida 1972-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 727-sonli buyrug‘i ga asosan tashkil etilgan. Fakultet 1973-yildan boshlab faoliyat yuritgan bо‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishida birinchi rahbari — dekan, dotsent Sh.A. Muxamedov muhim va samarali hissa qо‘shgan.
Mustaqillik yillarida fakultet faoliyatida sezilarli islohotlar amalga oshirildi. 1991–2012-yillar davomida 5000 dan ortiq tinglovchi malaka oshirgan.
2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga muvofiq, fakultet Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi sifatida qayta tashkil etildi.
Xozirgi kunda Markaz faoliyati quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-y.)
Prezident Farmonlari:
PF–4732 – Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- PF–5789 – Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
- PF–5847 – Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
- PF–60 – 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida
- PF–14 – Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qarorlari:
- 797-son (2019-y.) – Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
- 415-son (2024-y.) – Oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirlik buyrug‘i:
- 479-son (2020-y.) – Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish
Markaz Ustavi
Asosiy maqsad:
Pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy ta’lim talablari va soha innovatsiyalariga moslashtirish, ilmiy-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish hamda o‘quv jarayoniga ilg‘or uslublar va samarali pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
MARKAZNING O‘RNI, FUNKSIYALARI VA AFZALLIKLARI
Markaz respublika miqyosida to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan tarmoq markazlardan biri hisoblanadi
Asosiy funksiyalar:
- tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
• zamonaviy pedagogik, innovatsion va AKT texnologiyalarini o‘qitishga joriy etish
• o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish va muntazam takomillashtirish
• o‘quv jarayoni uchun metodik, ilmiy va axborot-resurs bazasini shakllantirish
• masofaviy ta’lim, onlayn platformalar va mustaqil o‘quv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
• ishlab chiqarish, korxonalar va texnologik markazlar bilan hamkorlikni tashkil etish
Markaz afzalliklari:
- tajribali va malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi
• amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga mos o‘quv jarayoni
• soha bo‘yicha jihozlangan o‘quv laboratoriyalari va texnik baza
• yetakchi korxonalar bilan tizimli hamkorlik va o‘quv-amaliy integratsiya
• uzluksiz malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
O‘QUV JARAYONI VA DASTURLAR
- Malaka oshirish kurslari :
- Matbaa va qadoqlash muhandisligi
- Yengil sanoat muhandisligi (to‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi)
- Yengil sanoat muhandisligi (yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi)
- Kasbiy qayta tayyorlash kurslari :
- Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
- Mexanika muhandisligi
Tarmoq markazi soha ehtiyojlari, normativ-huquqiy talablar va ta’lim tizimidagi rivojlanishlardan kelib chiqib, qo‘shimcha qayta tayyorlash yo‘nalishlarini joriy etish hamda mavjud kurslarni kengaytirish vakolatiga ega.
- Ta’lim jarayonining asosiy shakllari:
- Ma’ruza mashg‘ulotlari
- Amaliy va seminar mashg‘ulotlari
- Ko‘chma mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti
- Master-klaslar va tajriba almashish darslari
- Masofaviy ta’lim (onlayn platformalar)
- Mustaqil ta’lim, loyiha va bitiruv ishlari
- Zamonaviy ta’lim yondashuvlari:
- Innovatsion ta’lim texnologiyalari: interaktiv metodlar, simulyatsiyalar, infografik darslar
- Ishlab chiqarish bilan integratsiya: yetakchi korxonalarda o‘quv–amaliy jarayonlar
- Mentorlik tizimi: tajribali professor-o‘qituvchilar bilan individual ishlash
HAMKORLIK, INNOVATSIYALAR VA RIVOJLANISH
Hamkorlik:
Markaz to‘qimachilik, yengil sanoat, va matbaa sohalaridagi yetakchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari xamda o‘quv, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlar bilan hamkorlik qilib, o‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.
Innovatsion faoliyat:
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilishi
- AKT asosida masofaviy ta’limni rivojlantirish
- Raqamli ta’lim platformalari va elektron resurslardan keng foydalanish
- Yangi texnika va texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish
- Modulli va kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarini joriy etish
Rivojlanish yo‘nalishlari:
- Soha talablariga mos yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish
- Xalqaro tajribani integratsiya qilish va malaka oshirish jarayoniga tatbiq etish
- Ta’lim jarayonining raqamlashtirilishini kengaytirish
- Ishlab chiqarish bilan uzviy amaliy integratsiyani kuchaytirish