22:15 Chorshanba 09 Oktyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Niyozov Azizjon G‘ayrat o‘g‘li

Niyozov Azizjon G‘ayrat o‘g‘li

M1-24 guruh

Yutuqlari

Niyozov Azizjon G‘ayrat o‘g‘li 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, shulardan 7 ta ilmiy maqola, 3 ta xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislari muhokamadan o‘tkazilgan.

2021-yil Besh muhim tashabbusning “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi konstruktor” nomli ko‘rik tanlovda faxrli 3-o‘rinni egallagani uchun taqdirlangan.

2021/2022-o‘quv yilida institutda ta’sis etilgan M.G.Mahkamov nomidagi ichki stipendiyasi sohibi.

2022-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida  o‘tkazilgan Respublika tanlovida faxrli 1- o‘rin bilan taqdirlangan.

2023-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi”da o‘qish davrida ilmga chanqoqligi, erishgan yuqori natijalari uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.

2023-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2023-yil bakalavriat uchun ta’sis etilgan “Islom Karimov” nomli Davlat stipendiyasi 2023/2024-o‘quv yili tanlovi sohibi bo‘lganligi uchun guvohnoma bilan taqdirlanadi.

2023-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yoshlar akademiyasi” fakultet lideri etib tayinlangan.

2024-yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Yoshlar akademiyasi” tomonidan ko‘krak nishon va guvohnoma bilan taqdirlangan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?