O‘quv-uslubiy boshqarma-o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy boshqarma institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida chuqur oqitilishiga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- o‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
- institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
- talabalar davomatini tahlil etish;
- Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish va tahlil qilish;
- kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlari yuritilishini ta’minlash;
- Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- o‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- o‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
-akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
- o‘quv-uslubiy boshqarmda boshliq, uslubchi, inspektor, dispetcherlar faoliyat olib boradi.