RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT
Markaz faoliyatini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi hamda markazning ishlab-chiqarish,
ijtimoiy, moddiy-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi. Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, texnikaviy resurslar va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan
munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi. Markaz xo‘jalik subyektlari va jidmoniy shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va TTYSI Nizomida ko‘rsatilgan tartibda
shartnoma asosida bajarishi mumkin. Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar
yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuni va TTYSI Nizomiga zid bo‘lmagan holda, shartnoma predmeti, majburiyatlar va xo‘jalik munosabatlarining boshqa shartlarini
o‘rnatishda erkin tanlash huquqiga ega.
Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi raqamli texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish;
O‘zbekiston Respublikasining yagona raqamli ta’lim fazosini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy, ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va
amaliy natijalarni erkin ayirboshlash;
Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika, raqamli texnologiyalar va internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish.