Xushvaqtov Shuxrat Abduraufovich
Bo'lim boshlig'i
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa, talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyi, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
– talabalarda kasb-hunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
– talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
– talabalarga ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
– talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
– manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishla bo‘yicha birinchi prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Bo‘limning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, va mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Bo‘limning huquq va vazifalari:
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
- Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, oliyjanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
- Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
- Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
- Akademiyada ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
- Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
Bo‘limning majburiyatlari:
- Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari hamda ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish,
- Dekanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashish.
- Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
- Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar» sohasiga tegishli bandi to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan faoliyat bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
- Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoasini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yunusobod tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishla bo‘yicha birinchi prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Fakultetlardagi ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy ishlarni nazorat qiladi;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari va ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qiladi,
Dekanlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashadi.
Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar» sohasiga tegishli bandi to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan faoliyat bo‘yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoasini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yunusobod tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.