11:23 Payshanba 21 Noyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Abdusalomov Zafar Akmal o'g'li

Abdusalomov Zafar Akmal o'g'li

M3-24

 Yutuqlari

Abdusalomov Zafar Akmal o'g'li 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan, shulardan 12 ta ilmiy maqola, 2 ta xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislari muhokamadan o‘tkazilgan.

2021-yil Besh muhim tashabbusning “Axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi mexanik” nomli ko‘rik tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun taqdirlangan.

2021-2022-o‘quv yilida institutda ta’sis etilgan T.R.Rashidov nomidagi ichki stipendiyasi sohibi.

2023-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtiroki uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.

2023-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yoshlar akademiyasi” fakultet  lideri etib tayinlangan.

2023-yil “O‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talaba” yo‘nalishida “Yil talabasi” tanlovi g‘olibi

2024-yil “Mirzo Ulug‘bek vorislari” shahar bosichida ishtirok etib, sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2024-yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan “Yoshlar akademiyasi” ko‘krak nishoni, guvohnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

2024-yil Toshkent  to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga grant asosida magistratura talabasi bo‘lgan.

Hozirda, “Tozalangan paxta tolasini tashishda xizmat qiladigan tashuvchi moslamani takomillashtirish”  bo‘yicha  ilmiy loyiha ustida ishlamoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?