🔊
00:40 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR ISHTIROKIDA PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI

08.05.2026
10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda turli zararli odatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish hamda ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligi va ma’naviy muhitini mustahkamlash, turli salbiy illatlarga qarshi immunitetini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob oldilar hamda ochiq muloqot tarzida fikr almashdilar.

Mazkur profilaktik suhbat yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?