🔊
23:23 Juma 22 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIGA TASHRIF TASHKIL ETILDI

08.05.2026
8

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, xalqimizning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda milliy va diniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar markaz faoliyati, unda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, qadimiy tarixiy manbalar hamda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, markazdagi zamonaviy ekspozitsiyalar orqali islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, buyuk allomalarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni va ularning bebaho asarlari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar hamda tarixiy merosimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning ilmiy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?