“Iqtisodiyot” fakulteti dekani
Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi
Tug‘ilgan sanasi
16.08.1991-yil
Ilmiy darajasi:
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Qachon, qaysi, OTMni tamomlagan?
2009-2013 yy. Urganch davlat universiteti
O‘zi haqida maʼlumot
Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. G.Madraximova Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo‘nalishiga 2009-yilda o‘qishga qabul qilingan, 2013-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan va shu yili O‘zbekiston milliy universitetiga magistraturaga qabul qilingan va 2015-yilda magistr darajasiga erishgan.
U o‘z mehnat faoliyatini 2015-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 2018-yilda TDIUning “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasiga mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilinib, “To‘qimachilik korxonalarida resurs tejamkorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusida 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagan va 2021-yilda dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Gulasal Madraximova 2022-2024 yillar “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib, yangilik yaratish hamda tashabbuskorlik qobiliyatini mustahkamladi. 2024-yilda “To‘qimachilik tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2024-2025 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida direktorning birinchi o‘rinbosari lavozmida faoliyat faoliyat yuritgan.
2025-2026 yillarda “Buxgalteriya hisobi va marketing” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2026 yildan hozirgi vaqtgacha “Iqtisodiyot” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda
Yutuqlari
Ilmiy izlanishlari natijasida 200 ga yaqin publikatsiyalar, jumladan 3 ta monografiya, 4 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta patent hamda 2 ta Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek, mahalliy jurnallarda 30 ta maqolalari, 11 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallar ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza va tezislari taqdim etilgan. G.Madraximova nafaqat ilmiy faoliyati, balki pedagogik, boshqaruv va innovatsion tashabbuslari bilan ham O‘zbekiston iqtisodiy va ta’lim sohasida yetakchi mutaxassis sifatida tanilgan.
|
05.05.2022 y.dan -20.05.2022 y.gacha
|
- Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg universiteti, Rossiya Federatsiyasi
|
|
04.06.2023y.dan-24.06.2023 y.gacha
|
- Xitoy Xalq Respublikasi
|
|
26.02.2024y.dan-30 06.2024y. gacha
|
- O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, qayta tayyorlov o‘quv kursi
|
|
09.06.2024 y.dan-22.06.2024 y.gacha
|
- Xitoy Xalq Respublikasi
|
|
27.01.2025 y.dan-09.02.2025 y.gacha
|
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, rahbar ayollar o‘quv kursi
|