“TALABALAR XAVFSIZLIGI” KUNI MUNOSABATI BILAN PROFILAKTIK TARDBIR BO’LIB O’TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tardbir tashkil etildi.
22-yanvar kuni To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talaba-yoshlar ishtirokida o’tkazilgan tadbirda institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, fakultet mas’ullari hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, “Ichki tartib–qoidalar” hamda “Odob-axloq kodeksi”ga rioya qilish, “Ekologik huquqbuzarliklarni oldni olish” kabi mavzular yuzasidan yoshlarga huquqiy ma’lumotlar berildi.