🔊
01:42 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“TO‘QIMACHILIK KORXONALARI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

13.05.2026
5

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan “To‘qimachilik korxonalari eksport salohiyatini oshirish” mavzusidagi seminar-treningda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Lider qizlar akademiyasi” a’zolari faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga eksport faoliyatini rivojlantirish, xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari, zamonaviy marketing strategiyalari hamda to‘qimachilik sohasida eksport salohiyatini oshirishga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Trening jarayonida mutaxassislar tomonidan eksport faoliyatidagi zamonaviy yondashuvlar, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmlari hamda raqobatbardosh mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

“Lider qizlar akademiyasi” a’zolari mashg‘ulotlarda o‘z faolligi, tashabbuskorligi va bilimga bo‘lgan qiziqishi bilan alohida e’tibor qozonib, mutaxassislar bilan fikr almashdilar hamda amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?