ÖZARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMAŞIŞ — TA’LIM SIFATI YUKSALIŞINING MUHIM OMILI
Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti Ta’lim sifati departamenti boşliği hamda fakultet dekanlari Toşkent davlat transport universitetiga taşrif buyurdilar.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlash, öquv-uslubiy faoliyat samaradorligini oşiriş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini takomillaştiriş borasida tajriba almaşişdan iborat.
Uçraşuv davomida ta’lim jarayonini samarali taşkil etiş va boşqariş, ta’lim sifatini baholaş hamda monitoring qiliş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş, şuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Şuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasining tajribasi va ilmiy-pedagogik salohiyatini özaro örganiş, istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaş hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur taşrif oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.