🔊
01:39 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

KECHKI TA'LIM TALABALARI ISHTIROKIDA PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI

12.05.2026
5

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda turli zararli odatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov, institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mas'ul xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligi va ma’naviy muhitini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?