🔊
03:51 Chorshanba 15 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“OLIYGOH KUBOGI” ISHTIROKCHILARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

09.04.2026
13

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida “Muhandislar oyligi” asosida “Oliygoh kubogi” tanlovining ochilish hamda ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov yoshlarning muhandislik salohiyatini namoyon etish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda institutning iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdim etildi.

Tadbirda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodir Mirzayev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Shirinova, shuningdek fakultet dekanlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tanlov davomida eng faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar munosib taqdirlanib, ularning innovatsion g‘oyalari alohida e’tirof etildi.

Startap loyihalar taqdimoti jarayonida yoshlarning kreativ yondashuvi qo‘llab-quvvatlanib, eng istiqbolli tashabbuslarni keyingi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?