11:19 Chorshanba 18 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

BEPUL TA’LIM TARG‘IBOTCHILARI: “YOSH MUHANDISLARNI IZLAB”

17.03.2026
7

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyat yuritayotgan “Yosh muhandislar maktabi” doirasida o‘quvchi-yoshlarga zamonaviy bilimlarni bepul egallash imkoniyati yaratilgan.

Mazkur tashabbusni keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda “Yosh muhandislarni izlab” nomli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, institut targ‘ibot guruhlari tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi umumta’lim maktablarida uchrashuvlar tashkil etilib, o‘quvchilarga maktab faoliyati, ta’lim dasturlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Jumladan, Sergeli tumanidagi 7, 104, 268, 269, 277, 301, 350-son, Yakkasaroy tumanidagi 135, 144, 319-son, Chilonzor tumanidagi 181-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 10-son umumta’lim maktablarida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga institutda mavjud muhandislik ta’lim yo‘nalishlari, “Yosh muhandislar maktabi”ning imkoniyatlari hamda bepul ta’lim olish shartlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kelajak rejalari o‘rganilib, muhandislik sohasiga qiziqish bildirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha suhbatlar olib borildi.

Mazkur targ‘ibot ishlari yoshlarning kasb tanlashida to‘g‘ri yo‘nalish berish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish hamda muhandislik sohasiga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?