🔊
03:13 Payshanba 14 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

BITIRUVCHI TALABALARNI ISH BILAN TA’MINLASHGA QARATILGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

01.04.2026
52

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalarni bandligini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 1-aprel kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti bitiruvchi talabalari uchun ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda talabalarga osonish.uz platformasi orqali ish izlash, to‘g‘ri ma’lumotnoma (rezume) to‘ldirish bo‘yicha seminar-trening va workshop o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida platformadan samarali foydalanish, ish qidirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Seminar davomida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?