04:13 Chorshanba 04 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

02.03.2026
11

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Mahalla – oilaviy poliklinika – ta’lim muassasasi” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Unda institut psixologi, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha psixolog, institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, Yakkasaroy tumanidagi 58-oilaviy poliklinika shifokori, “Shohjahon” va “Rakat” mahallalari faollari, mahalla yoshlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarning sabablari, ularning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili profilaktikaning ahamiyati va yoshlarning qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi zarurligini alohida ta’kidladi.

“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida sog‘lom oila qurishning ijtimoiy-psixologik asoslari, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, oiladagi sog‘lom muhitning jamiyat barqarorligidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

Tibbiyot xodimi tomonidan OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, epidemiologiyasi, klinik belgilari hamda profilaktikasi haqida tushuntirish berilib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot va zararli g‘oyalardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi. “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish” yo‘nalishida esa zararli moddalarning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, huquqiy javobgarlik masalalari yoritildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlar orasida sog‘lom hayot tamoyillarini mustahkamlash va profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?