02:52 Dushanba 30 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

19.02.2026
19

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar ongida ijtimoiy mas’uliyat hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Joriy yilning 19-fevral kuni institut psixologi hamda Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha psixolog tashabbusi bilan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “Men donorman” va “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz” shiorlari ostida targ‘ibot aksiyalari o‘tkazildi.

Mazkur aksiyalar davomida talabalar bilan ochiq muloqotlar olib borilib, sog‘lom hayot tarzining ahamiyati, donorlik madaniyatini rivojlantirish zarurati hamda giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ijtimoiy faollikni oshirish, donorlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?