“CULTURAL EXCHANGE DAY” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Cultural Exchange Day” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turli xalqlarning madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslar namoyish etilib, millatlararo do‘stlik va madaniy almashinuv muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Unda institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ismailjon Bulanov, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktor o‘rinbosari Alimirzoyev Nadir hamda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi yoga o‘qituvchisi Sharad Munde, bosh ekspert Dr. Sakil Ahmed Abdulrafik Makarani ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Yoshlar o‘rtasida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va madaniy muloqotni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.