02:52 Dushanba 30 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

EKOLOGIK BARQARORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

19.02.2026
24

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanaot instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi tashabusi bilan “Atrof-muhitni muhofaza qilish – “O‘zbekiston–2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishi: yoshlar va innovatsion yondashuv” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Joriy yilning 18-fevral kuni o‘tkazilgan davra suhbatida jamiyatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va innovatsion yechimlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Noiba Inoyatova ishtirok etib, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tashabbuslari va strategik vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Suhbat davomida “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan ekologik ustuvor yo‘nalishlar — havo va suv resurslarini muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?