🔊
03:57 Chorshanba 15 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI

06.04.2026
11

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har haftaning dushanba kuni talaba-yoshlar ishtirokida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulot “Sohibqiron Amir Temur” mavzusida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida keng qamrovda tashkil etildi.

Dars davomida Amir Temurning nafaqat yuksak harbiy mahorati, balki ilm-fan, madaniyat va me’morchilik rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qiziqarli va mazmunli ma’lumotlar berildi.

Amir Temur — markazlashgan kuchli davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning davrida Samarqand ilm-fan va madaniyat markaziga aylangan, yirik me’moriy inshootlar barpo etilib, ilm ahliga keng imkoniyatlar yaratilgan.

Ayniqsa, “Temur tuzuklari”da aks etgan davlat boshqaruvi, adolat, tartib-intizom va mas’uliyat tamoyillari bugungi kun yoshlari uchun muhim hayotiy saboq ekani alohida ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?